Ру Ўз En
So'rovnoma

Yangiliklar va e'lonlar

4 Yanvar 2017

2016 YIL DEKABR OYIDA XAYRIYA YORDAMI KO'RSATISH TO'G'RISIDA.

"BIOKIMYO" AJ kuzatuv Kengashining 2016 yil 27 dekabrdagi 8-sonli yig'ilishi qarori bilan

- Yangiyo'l qishloq xo'jalik kasb-xunar kollejiga korxonaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda qiymati 5.0 (besh) mln.so'mgacha bo'lgan bir komplekt kompyuter va printer (ya'ni (print,copy,scan)) xomiylik yordami sifatida berishga rozilik berilgan.

- "Xalqabad" QFY, A.Navoiy nomli maxalla fuqorolar yig'ini xududida 2016 yil davlat dasturiga asosan qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylarning birini tumanda yashovchi, kam ta'minlangan oilaning biriga sovg'a qilish maqsadida korxonaning imkonidan kelib chiqqan xolda 6,5 (olti million besh yuz ming) mln.so'm xomiylik ko'rsatishga rozilik berilgan.

"BIOKIMYO" AJ kuzatuv Kengashining 2016 yil 28 dekabrdagi 9-sonli yig'ilishi qarori bilan

- "O'zvinosanoat-xolding" XK ning 2016 yil 28 dekabrdagi 87-sonli yig'ilish qarorlarini ijrosi yuzasidan Jizzax viloyatida yangi yil bayrami arafasida ijtimoiy muxofazaga muxtoj, kam ta'minlangan va qariyalari bo'lgan oilalarni moddiy rag'batlantirish, ularning xolidan xabar olish bayram kayfiyatini ko'tarish uchun oziqg'ovqat maxsulotlaridan iborat sovg'alar tayyorlab bayram dasturxoniga etkazish kabi xayriya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 12,0 (o'n ikki) mln. xomiylik mablag'ini ajratishga rozilik berilgan.

Ushbu qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida "BIOKIMYO" AJ:

- Yangiyo'l qishloq xo'jalik kasb-xunar kollejiga qiymati 5.0 (besh) mln.so'mgacha bo'lgan bir komplekt kompyuter va printer (ya'ni (print,copy,scan)) 2016 yil 28 dekabrda xomiylik yordami sifatida olib berildi.

- 2016 yil 28 dekabrda 2748-sonli to'lov topshiriqnomasi bilan 6,5 (olti mln.besh yuz ming) mln.so'm xomiylik mablag'i "maxalla" xayriya jamoat fondining xisob raqamiga o'tkazildi.

- "Maxalla" jamoat fondi Jizzax viloyat bo'limining maxsus xisob raqamiga 2016 yil 28 dekabrdagi 2758-sonli to'lov topshiriqnomasi bilan 12,0 (o'n ikki) mln.so'm xomiylik mablag'o

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech