"BIOKIMYO"AJ aksiyadorlari diqqatiga!
Jamiyat kuzatuv Kengashining 2019 yil 31 maydagi 19/19-sonli Majlis qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig'ilishi 2019 yil 27 iyun kuni soat 10-00 da "BIOKIMYO" AJ ma'muriy binosining katta zalida o'tkazilishi haqida xabar beradi»
Manzil: Yangiyo'l shahri, kimegar ko'chasi, 1-uy.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar:
"BIOKIMYO" AJ aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
"BIOKIMYO" AJ kuzatuv Kengashining 2018 yil yakunlari bo'yicha o'z vakolatiga kiradigan masalalar, shu jumladan, jamiyatni boshqarish bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish bo'yicha hisobotini eshitish.
"BIOKIMYO" AJ boshqaruvi raisining jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati va 2018 yil yakunlari bo'yicha biznes-rejani bajarish bo'yicha hisobotini tasdiqlash.
2018 yil yakunlari bo'yicha "BIOKIMYO" AJning yillik hisobotini, shu jumladan balansni, moliyaviy natijalar, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.
Tashqi auditorning 2018 yil yakunlari bo'yicha "BIOKIMYO" AJning moliyaviy faoliyati to'g'risidagi xulosasini eshitish.
2018 yil yakuni bo'yicha "BIOKIMYO" AJ taftish komissiyasining o'z vakolatiga kiradigan masalalar, shu jumladan jamiyatni boshqarish bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish bo'yicha xulosasini eshitish.
2018 yil yakunlari bo'yicha "BIOKIMYO" AJ korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko'rib chiqish.
"BIOKIMYO" AJning 2018 yil yakuni bo'yicha sof foydasini taqsimlash va har bir aksiya uchun dividend miqdorini tasdiqlash, uni to'lash shakli va tartibi.
BIOKIMYO " AJ ozchilik aksiyadorlari qo'mitasini tashkil etish»
"BIOKIMYO" AJ biznes-rejasini 2019 yilga tasdiqlash.
"BIOKIMYO" AJ Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash»
"BIOKIMYO" AJ taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
"BIOKIMYO"AJ ozchilik aksiyadorlari qo'mitasi a'zolarini saylash.
"BIOKIMYO" AJ boshqaruvi raisini saylash va u bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzish.
"BIOKIMYO" AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
"BIOKIMYO" AJ Ustavining yangi tahririni tasdiqlash.
"BIOKIMYO" AJ ichki korporativ nizomlarining yangi tahririyatlarini tasdiqlash.
Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2019 yil 27 iyun soat 9-00 da boshlanadi.
Ro'yxatga olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasportni) taqdim etish kerak, aksiyadorning vakili - notarial tasdiqlangan ishonchnoma.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig'ilishiga oid materiallar va ma'lumotlar bilan jamiyatning veb-saytida tanishish mumkin www.biokimyo.uz, Yangiyo'l sh., kimegar ko'ch., dom1, tel.: 70-602-43-97 va elektron manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin yangiyulxim@vinsanoat.uz. biokimyo@mail.ru.
Kuzatuv Kengashining 2019 yil 31 maydagi majlisida aksiyadorlar reestrini shakllantirish to'g'risida qaror qabul qilindi:
2019 yil 31 may kuni navbatdagi umumiy yig'ilish o'tkazilishi to'g'risida xabar berish uchun reyestr tashkil etilgan sana.
2019 yil 21 iyun kuni navbatdagi umumiy yig'ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi.
Kuzatuv kengashi