Ру Ўз En
So'rovnoma

Yangiliklar va e'lonlar

6 Iyun 2016

AKSIYADORLAR UMUMIY YIG'ILISHINI O'TKAZISH TO'G'RISIDA

"BIOKIMYO" aktsiyadorlik jamiyati

aktsiyadorlari diqqatiga!

"BIOKIMYO" AJ Kuzatuv Kengashining 2016 yil 2 iyundagi yig'ilishi qaroriga binoan jamiyat aktsiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi 2016 yil 28 iyun soat 10.00 da "BIOKIMYO" AJ ma'muriy binosining katta majlislar zalida boshlanishini ma'lum qiladi.

 

Manzil: Yangiyo'l shaxar, Kimyogar ko'chasi ,1-uy

1. Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyat sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2015 yil yakuni bo'yicha kuzatuv Kengashining o'z vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan, jamiyatni boshqarishga doir qonun xujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv Kengashining xisobotlarini eshitish.
4. Jamiyatning 2015 yil yakuni bo'yicha faoliyati xamda moliya xo'jalik faoliyati yuzasidan boshqaruv raisining xisobotini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2015 yil yakuni bo'yicha yillik xisobotini, shu jumladan balans, moliyaviy natijalar, foyda va zararlar to'g'risidagi xisobotlarini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2015 yil moliyaviy faoliyati yakuni bo'yicha tashqi auditorning xulosasini eshitish.
7. Jamiyatning 2015 yil yakuni bo'yicha xisobotini va o'z vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan, jamiyatni boshqarishga doir qonun xujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining xulosasini eshitish.
8. Jamiyatning 2015 yil yakuni bo'yicha olingan sof foydasini taqsimlash, joylashtirilgan aktsiyalarning xar bir turi bo'yicha dividend miqdori va uni to'lash tartibini tasdiqlash.
9. Jamiyatning e'lon qilingan aktsiyalar soni va nominal qiymatini belgilash.
10. Jamiyatning o'tgan yillar taqsimlanmagan foydasi xisobidan ustav fondini ko'paytirish.
11. Jamiyatning 2016 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.
12. Jamiyat faoliyatining asosiy yo'nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan xolda jamiyatni o'rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash.
13. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
14. Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini olish va xabarnoma shaklini tasdiqlash.
15. Jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
16. Jamiyat taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
17. Jamiyat boshqaruv raisi bilan mexnat shartnomasini 1-yil muddatga tuzish.
18. Jamiyat boshqaruvining affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirish uchun joriy xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bitimlarni tasdiqlash.
19. Jamiyatning xomiylik va beg'araz yordam ko'rsatish tartibi, shartlari xamda miqdorini belgilash.
20. Jamiyatning "umumiy yig'ilishi to'g'risida" , "Kuzatuv kengashi to'g'risida", "boshqaruv to'g'risida", "ichki audit xizmati to'g'risida" va "Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va jamiyat ijroiya organi a'zolarini rag'batlantirish to'g'risida"gi nizomlarining yangi tahririni tasdiqlash.
21. Jamiyatning yangi ichki korporativ xujjatlarini, ya'ni "dividend siyosati to'g'risida", "ichki nazorat to'g'risida", "manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida xarakat qilish tartibi to'g'risida" gi nizomlarni tasdiqlash.
22. Jamiyatning yangi taxrirdagi Ustavini tasdiqlash.

Aktsiyadorlarni ruyxatga olish 2016 yil 2 iyun kuni soat 9.00 da boshlanadi.

Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishga shaxsini tasdiqlovchi xujjat, vakillari esa notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi bo'yicha tayyorlangan xujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzil bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin: Yangiyul shaxri, kimegar ko'chasi, №1-uy, "BIOKIMYO" AJ. Tel: 2-49-18.

Jamiyat Kuzatuv Kengashining 2016 yil 2 iyun kuni o'tkazilgan yig'ilishida qimmatli qog'ozlar egalarining ro'yxatini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Aktsiyadorlarga navbatdagi yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilishini xabar berish uchun aktsiyadorlar reestri – 2016 yil 2 iyun xolatiga ko'ra yopiladi.

Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishda qatnashish uchun aktsiyadorlar reestri – 2016 yil 22 iyun xolatiga ko'ra yopiladi

Kuzatuv kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech