Ру Ўз En
So'rovnoma

Yangiliklar va e'lonlar

24 Dekabr 2016

JAMIYATNING TALAB QILIB OLINMAGAN DIVIDENDLARI TO'GRISIDA

Diqqat

"BIOKIMYO" AJ AKTSIYADORLARIGA !

"BIOKIMYO" AJ ning 2016 yil 28 iyundagi aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi qarori bilan xar bir aktsiyaga 3 500 so'm miqdorida dividendlar xisoblangan.

Dividendlarni to'lash shakli plastik kartochkalarga pul o'tkazish yoki pul ko'chirish yo'li bilan amalga oshiriladi.

"BIOKIMYO" AJ dividendlarni to'lash muddati 2016 yil 27 avgustgacha belgilangan.

Jamiyat tomonidan 2016 yil 26 avgustda 330 (uch yuz o'ttiz) aktsiyadorlarga 88 452 000 (sakson sakkiz million to'rt yuz ellik ikki ming) so'm miqdordagi dividenlar pochta o'tkazmalari orqali oluvchining manzillari ko'rsatilgan holda o'tkazilgan.

Sizning dividendlaringiz pochta tomonidan sabablari (manzilda istiqomat qilmasligi, manzilning noto'g'ri ko'rsatilganligi yoki aktsiyadorning vafot etganligi) ko'rsatilgan holda "BIOKIMYO" AJ xisob raqamiga qaytarilgan.

"BIOKIMYO" AJ tomonidan talab qilib olinmagan dividendlar to'lovi davom etyapti.

Shu sababli "BIOKIMYO" AJ ma'muriyati dividendlarni to'lashni amalga oshirish maqsadida sizni (yoki xuquqiy voris, merosxo'ringizni) ma'lumotlar olish uchun ma'muriyatga murojaat qilishingizni so'raydi.

Aloqa uchun: veb-sayt www.biokimyo.uz, E-mail: info@biokimyo.uz, tel.: 0-370 602-43-97.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech