Ру Ўз En
So'rovnoma

Yangiliklar va e'lonlar

31 Oktyabr 2016

XAYRIYA YORDAMI HAQIDA

E'lon

xomiylik va beg'araz yordamni amalga oshirilganligi to'g'risida

"BIOKIMYO" AJ kuzatuv Kengashining 2016 yil 28 oktyabrdagi 6-sonli yig'ilishi qarori bilan

- Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida joylashgan zamonaviy o'q otish sporti kompleksini qurish xamda o'q otish stendini jihozlash uchun sport-texnik uskunalarini sotib olish tadbirlarini moliyalashtirish maqsadida 25,0 (yigirma besh) mln.so'm xomiylik mablag'ini o'tkazishga rozilik berilgan.

"BIOKIMYO" AJ kuzatuv Kengashining 2015 yil 24 iyundagi 3-sonli yig'ilishi qarori bilan

O'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida 13,0 (o'n uch) mln.so'm xomiylik mablag'ini o'tkazishga rozilik berilgan.

Ushbu qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida "BIOKIMYO" AJ:

- 2016 yil 31 oktyabrda 2241-sonli to'lov topshiriqnomasi bilan 25,0 (yigirma besh) mln.so'm xomiylik mablag'i O'zbekiston "o'q otish sporti federasiyasi xisob raqamiga;

- 2016 yil 26 oktyabrda 2202-sonli to'lov topshiriqnomasi bilan 2,0 (ikki) mln.so'm xomiylik mablag'i O'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining xisob raqamlariga o'tkazildi.

"BIOKIMYO" AJ ma'muriyati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech